Ronaldu qachon "Yuventus"ni tark etadi? Uning superkarlari Turinni tark etishni boshladi

  • 11:44 / 18.05.2021
  • 115

“Yuventus” muxlislari uchun noxush xabar, Ronaldu superkarlari yuk tashuvchi mashinalarga yuklanmoqda. U boshqa jamoaga o‘tmoqchimi?

Per Sempre Calcio kanali “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronalduning superkarlarini yuk mashinalarga yuklanayotgan va noma’lum tomonga olib ketilayotgan videoni namoyish qildi. Yuk mashinalarida Portugaliyaning mashhur RodoCargo transport kompaniyasi nomini ko‘rish mumkin.

2018-yilda aynan mazkur kompaniya futbolchining mashinalarini Turinga olib kelishi Ronalduni “Yuve”ga o‘tayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi.
Yuk mashinalari qaysi tomonga yo‘l olganini topish qoldi, xolos. Shunga qarab Krishtianuning keyingi jamoasi qaysi bo‘lishi aniq bo‘ladi.  

Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 2002-2003-yillarda to‘p surgan “Sporting” jamoasiga qaytishi mumkin. 

Ma'lumot uchun, yulduzning kolleksiyasida umumiy qiymati 7 million yevroga teng bo‘lgan 20 ta avtomobil bor. Bundan tashqari, Ronaldu 2021-yil oxirida chiqadigan Bugatti Centodieci uchun 8 million yevro pul to‘lab qo‘ygan.