Ronaldu tarixiy rekordni takrorladi

  • 14:59 / 13.01.2020
  • 737

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining yuqori to‘purarlik qobiliyatini hamon davom ettirmoqda.

Sports.uz nashrining xabariga ko‘ra, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha, 12-yanvar kuni A Seriyaning 19-turida “Roma”ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Bu esa uning uchun joriy mavsum A Seriyadagi 14-gol bo‘ldi.

Ronaldu shu tariqa o‘tgan asrning 50-yillarida daniyalik futbolchi Yon Xansen tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Gap shundaki, “Yuventus” tarixida faqat ushbu ikki futbolchigina ketma-ket 2 mavsum birinchi davrasida 14 tadan kam gol urmagan.