Ronaldu tarixning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 21:33 / 08.09.2021
  • 248

Oksford universiteti professori Tom Krouford futbolchilarning buyukligini solishtirish algoritmini ishlab chiqdi. Bu haqda Soccernews xabar bermoqda.

Unga koʻra, birinchi oʻrin “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi, u parijliklar hujumchisi Lionel Messi, Pele, Ferens Pushkas, Alfredo di Stefano, Diego Maradona, Yoxan Kroyffni magʻlub etdi.

Krouford oʻziga xos tadqiqotni “Oltin toʻp”ni kamida 2 marta olgan yoki mukofot taʼsis etilganidan oldin, 1956-yilgacha mashhur boʻlgan futbolchilar oʻrtasida oʻtkazgan.

Futbolchilar 7 mezon boʻyicha baholandi:

1. Klublar darajasida qoʻlga kiritilgan milliy va xalqaro kuboklar, UEFA musobaqasining nisbiy kuch koeffitsiyenti yordamida baholanish;

2. Terma jamoa darajasidagi sovrinlar — jahon chempionati uchun 150 ball, Yevropa chempionati va Amerika kubogi uchun 100 ball hamda turnir toʻpurari unvoni uchun qoʻshimcha ball;

3. Klub uchun urilgan gollar;

4. Terma jamoa uchun urilgan gollar;

5. “Oltin toʻp”ga ovoz berishdagi ovozlar (saylovchilar umumiy soniga nisbatan);

6. Shaxsiy rekordlar;

7. “Matematik jihatdan ajoyib mavsumlar”, unda futbolchining gollari jamoani yirik gʻalabalarga olib kelgani inobatga olinadi.

Mazkur algoritmning eng yaxshi 10 talik quyidagicha koʻrinish olgan:

1. Krishtianu Ronaldu – 537 ball

2. Lionel Messi – 503 ball

3. Pele – 459 ball

4. Ferens Pushkash – 305 ball

5. Ronaldo(Braziliya) – 281 ball

6. Marko van Basten –237 ball

7. Alfredo di Stefano – 201 ball

8. Mishel Platini – 177 ball

9. Diego Maradona – 169 ball

10. Yoxan Kroyf – 163 ball.