Ronaldu “Yang Boyz”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 14:39 / 15.09.2021
  • 146

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1-turi doirasida “Yang Boyz”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Bu biz kutgan natija emas. Ammo endi tiklanishimiz va keyingi o‘yinlarga diqqatimizni qaratishimiz lozim”, – deydi Ronaldu Twitter sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinning 14-daqiqasida aynan Ronaldu hisobni ochdi. Bunga esa raqiblar 2-taymda ikki marotaba javob qaytargan holda, g‘alabani ilib ketdi.

Shuningdek, Ronaldu kechagi o‘yinda Chempionlar ligasidagi 135-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi bo‘lib, uning hisobida 120 ta gol bor.