Ronaldu Yevro-2020 guruh bosqichida tarixiy natija qayd etdi

  • 11:07 / 24.06.2021
  • 317

Krishtiano Ronaldu Yevropa chempionatining guruh bosqichidan o‘rin olgan barcha uchrashuvda gol urdi.

Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 guruh bosqichining barcha uchrashuvida gol kiritgan ilk portugaliyalik futbolchiga aylandi. 

Portugaliyalik hujumchi dastlabki turda Vengriya darvozasiga dubl qayd etdi (3:0). Ikkinchi turda (2:4) Germaniya darvozasini bir marotaba ishg‘ol etdi. So‘nggi turda esa (2:2) Ronaldu Fransiya darvozasiga ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu ayni vaqtda hisobidagi 5ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha Portugaliya terma jamoasi “F” guruhida 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.