Ronaldu Yevro-2020ning rasmiy homiysi mahsulotini iste’mol qilmaslikka chaqirdi (video)

  • 12:39 / 15.06.2021
  • 653

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Kristiano Ronaldu 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan intervyu oldidan Coca-Cola ichimligini chetga olib tashlash orqali odamlarni gazlangan ichimliklar o‘rniga suv ichishga chaqirdi. Ushbu kadr aks etgan video internet tarmog‘ida tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi Yevro-2020 guruh bosqichida Vengriya terma jamoasiga qarshi 15-iyun kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan matbuot anjumaniga kelgan.

O‘rindiqqa o‘tirgandan so‘ng, u UEFA va Yevro-2020ning rasmiy homiysi bo‘lgan Coca-Cola kompaniyasining gazlangan ichimliklar solingan shishalarini chetga surib qo‘ydi va suv solingan idishni qo‘liga olib: “Suv iching”, – dedi Ronaldu jiddiy ohangda.