Ronaldu “Yuventus”ning 15 yillik rekordini takrorladi

  • 11:54 / 20.01.2020
  • 448

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyasining 20-turidan o‘rin olgan “Parma”ga qarshi o‘yinda (2:1) dublga erishdi. Bu portugaliyalik 34 yoshli hujumchining Italiya chempionati doirasidagi kenma-ket 7- o‘yinidagi gollari bo‘ldi. 

“Yuventus”da so‘nggi bor bunday natijani 2005-yilda fransiyalik David Trezege qayd etgan. Fransiyalik hujumchi ham ketma-ket 7 ta bahsda raqiblar darvozasiga to‘p kiritgandi. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu bu mavsumda A Seriya to‘purarlar poygasida 16 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. A Seriya to‘purarlar ro‘yxatini 23 ta gol bilan “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile boshqarib bormoqda.