Ronalduning oila a’zosi pnevmoniya tufayli shifoxonaga yotqizildi

  • 20:28 / 28.07.2021
  • 252

Bemor o‘zining ahvoli haqida ma’lumot berdi.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru koronavirus yuqtirgani tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Bu haqda uning o‘zi shaxsiy Instagram sahifasida xabar berdi.

“Men aytmoqchi bo‘lgan narsa shuki, meni buni istamagandim, ammo so‘nggi kunlarda xabarlar tez tarqalmoqda. Shunday vaziyatda men bilan birga bo‘lganlarning, menga va mening yaqinlarimga g‘amxo‘rlik qilayotganlarning hurmati uchun haqiqat bilan bo‘lishaman. 

17-iyul sanasidan buyon uyda, karantinda o‘tirgandim. Hammasi yaxshi edi, simptomlar deyarli yo‘q edi. Afsuski, 23-iyuldan vaziyat yomonlashdi. Virus oqibatida pnevmoniyaga chalindim.

Qisqa qilib aytganda, hozir shifoxonadaman. Hammasini to‘g‘ri bajaryapman, Xudoning inoyati va shifokorlarning sa’y-harakatlari tufayli sog‘ayyapman. Virus meni o‘ldira olmaydi. Ahvolim yaxshilanyapti”, – dedi Aveyru.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning oktyabr oyida Ronaldu koronavirusga chalinganida Aveyru shunday yozgan edi: “Hayotdagi eng katta yolg‘on. Agar Krishtianu olamni uyg‘otishiga to‘g‘ri kelsa, u bizga Xudo tomonidan yuborilgan”.