Rossiya AQSh elchixonasi xodimini mamlakatdan chiqarib yuboradi

  • 15:31 / 12.05.2021
  • 227

Rossiya AQShning mamlakatdagi elchixonasida matbuot kotibi lavozimida ishlovchi Rebekka Rossni mamlakatdan chiqarib yuboradi.

Rebekka Rossning Moskva tomonidan “persona non grata” deb eʼlon qilingan 10 nafar amerikalik diplomat roʻyxatida borligi tasdiqlangan. Moskvaning bu qaroriga Vashingtonning sanksiyalari sabab boʻlgan.

Tez orada AQShning diplomatik vakolatxonalariga Rossiya va uchinchi mamlakatdan maʼmuriy-texnik xodimlarni yollashni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror qonuniy ravishda rasmiylashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 15-aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilganini xabar bergandi. Rossiya esa bunga javoban AQSh elchixonasining 10 nafar xodimini “persona non grata” deb eʼlon qilgan. Ular joriy yilning 22-may sanasiga qadar mamlakat hududini tark etishlari kerak.