Rossiya AQShga qarshi javob sanksiyalarini e’lon qildi

  • 15:35 / 17.04.2021
  • 133

Kuni kecha AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan edi. Rossiya ham javob sanksiyalarini kechiktirmadi.

Unga ko‘ra:
- Moskva 10 nafar Amerika diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi.
- AQSh elchixonasi hamda Bosh konsulxonaga Rossiya yoki uchinchi mamlakat fuqarolarini ishga yollashni taqiqlash choralari ko‘riladi.
- Amerika diplomatlariga ish faoliyatlari olib borilayotgan joydan tashqariga safar qilish taqiqlanadi.
- Rossiyaning ichki ishlariga aralashuvchi Amerika fondlari va nodavlat tashkilotlar faoliyatini cheklashga doir choralar ko‘riladi.
- Tez orada Tashqi ishlar vazirligi qora ro‘yxatga kirgan 8 nafar Amerika amaldorlarining ism-sharifini e’lon qiladi.

Bayonotda aytilishicha, Vashington sanksiyalar siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa, Moskva boshqa yo‘nalishlarni ham ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga Moskva rasmiylari muloqot uchun ochiq ekanliklarini bildirishgan.

"Haqiqatdan ham, biz Vashingtondan bitta narsani eshitsak, amalda butunlay boshqa narsani ko‘ryapmiz. Bu yerda shubhaga o‘rin yo‘q – hech bir sanksiya "to‘lqini" jazosiz qolib ketmaydi" deyiladi bayonotda.