Rossiya bir qator mamlakatlarga aviareyslarni sonini koʻpaytiradi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor

  • 15:48 / 01.06.2021
  • 74

Rossiya 10-iyun sanasidan boshlab Belorussiya, Gretsiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qatar, Oʻzbekiston, Tojikiston, Misr va Serbiyaga parvozlar sonini koʻpaytiradi.

Aynan mana shu sanadan Rossiya va Belorussiya oʻrtasidagi Gomel-Moskva yoʻnalishida harakatlanuvchi kundalik temir yoʻl qatnovi qayta tiklanadi.

Ozarbayjon (Moskva-Boku), Armaniston (Moskva-Erevan), Qatar (Moskva-Doha), Oʻzbekiston (Moskva-Toshkent), Tojikiston (Moskva-Dushanbe) oʻrtasidagi parvozlar soni haftasiga bitta reysga koʻpaytiriladi.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Rossiya 34 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni qayta tiklagan.