Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga II Jahon urushiga oid noyob hujjatlarni sovg‘a qildi

  • 15:26 / 28.04.2021
  • 211

2021-yil 27-aprel kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2021–2025-yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy sohadagi strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini imzoladilar.

Sergey Shoygu ushbu dastur birinchi marta ishlab chiqilganini va harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallanganligini ta’kidladi. 

Tadbir doirasida Rossiya armiya generali O‘zbekistonga fashizm ustidan g‘alaba qozonishda o‘zbek xalqining qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini sovg‘a qildi.

Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan g‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida arxiv hujjatlari to‘plamini topshirar ekan, o‘zbekistonlik hamkasblarini xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasiga, armiya xalqaro harbiy-texnik forumiga va xalqaro armiya o‘yinlariga taklif qildi.