Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi 

  • 10:32 / 28.04.2021
  • 479

Joriy yil 27-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan mintaqaviy hamkorlik mavzusida muzokaralar olib borish uchun O‘zbekistonga keldi. 

Ikki davlat mudofaa vazirlari Buxoroda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolarini, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, dasturdan ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.