Rossiya O‘zbekistonga metro poyezdlarini jo‘natdi

  • 17:50 / 20.08.2021
  • 244

“МИР 24” nashri bergan xabarga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonda poyezda yetkazib berishni boshladi. Poyezdlar tekshiruvdan o‘tkazilgan va muhrlangan. Jami 4 ta vagonli 5 ta poyezd 4000 kilometr masofani bosib o‘tib O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Hozircha 20 ta vagon yetkaziladi. Yil oxiriga qadar yana 20 ta vagon jo‘natilishi belgilangan. 

Qayd etilishicha, poyezdlar “Трансмашхолдинг” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tayyorlangan. 
Barcha vagonlar shovqindan himoyalovchi va issiqlikni saqlovchi qurilmalar bilan jihozlangan. Shuningdek, sovutish, havoni tozalash va o‘t o‘chirish tizimlari ham mavjud. Yoritish kun qismiga qarab o‘zgaruvchi diot-chiroqlar orqali ta’minlanadi. Poyezdlarga telefonlarni quvvatlash uchun maxsus joylar ham nazarda tutilgan. 

Qayd etilishicha, vagonlar avgust oxiriga qadar Toshkentga yetkaziladi va tekshiruvlardan so‘ng foydalanishga topshiriladi.