Rossiyada avtobus yo‘lovchilarni urib ketdi (video)

  • 18:00 / 10.06.2021
  • 218

Sverdlovsk viloyatida avtobus ishtirokidagi avtohalokat oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “TASS”.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea sodir bo‘lganidan keyin yana 15 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Avtobus tog‘dan kelayotgan edi, deydi agentlik bilan suhbatda bo‘lgan fuqarolardan biri.

Xabarga ko‘ra, YTH Lesnoye shahri Gorniy qishlog‘i Kalinin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtobus bekatga yaqinlashgan vaqtda tormoz ishlamay qolgan va bekatdagi odamlarni urib yuborgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning shaxsi politsiya xodimlari tomonidan aniqlashtirilmoqda.


 

 

Teglar