Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina harbiylarda sinab ko‘riladi

  • 15:16 / 02.06.2020
  • 576

Rossiyada koronavirusga qarshi o‘ylab topilgan vaksina ko‘ngilli harbiylarda sinab ko‘riladi. Bu haqda DW xabar berdi.
“Vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun 50 harbiy xizmatchi tanlab olingan. Shu jumladan 5 ayol harbiy ham bor” deyiladi Mudofaa vazirligi bergan bayonotda.
Vaksinani ishlab chiqishda Rossiya Mudofaa vazirligining 48-markaziy ilmiy tadqiqot instituti ishtirok etgan. Tez orada ushbu institutda klinik tajribalar o‘tkazila boshlanadi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, 3-iyundan harbiy xizmatchilarning birinchi guruhi izchil tekshiruvi boshlanadi.