Rossiyada migrantlar uchun mobil ilova ishlab chiqarilishi mumkin

  • 13:43 / 29.05.2020
  • 508

“RIA Novosti” nashri huquq-tartibot idoralari manbalariga tayanib, Rossiya muhojirlar uchun mobil dastur ishlab chiqishi mumkinligi haqida xabar qildi. Ushbu imkoniyat allaqachon, Rossiya Ichki ishlar vazirligida ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu tashabbusga ko‘ra, muhojirlar Rossiyaga kirgandan keyin tegishli dasturni smartfonlariga o‘rnatishi kerak.

Ilova “Migrant” deb nomlanishi hamda unda muhojirlarning ijtimoiy va huquqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, unda biometrik, shuningdek, sog‘liq va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Agar muhojir dasturni yuklab olishdan bosh tortsa, bu uning ijtimoiy ishonch reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.