Rossiyada migrantlarning o‘z maqomlarini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

  • 15:45 / 15.06.2021
  • 208

Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zga yurt fuqarolari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning yangi muddati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya prezidenti qarorida e’lon qilindi.
 
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada noqonuniy ishlab yurgan yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar 2021-yilning 30-sentabrgacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Avvalgi muddat 2021-yilning 15-iyuniga qadar qilib belgilangan edi.

Ta’kidlanishicha, 30-sentabrgacha Rossiya hududida bo‘lgan noqonuniy migrantlar hech qanday jinoyat qilishmasa, mamlakatdan maʼmuriy chiqarib yuborish va deportatsiya qilish choralari ko‘rilmaydi.

O‘zbekiston fuqarolarida ushbu masala bo‘yicha savollar tug‘ilsa, Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning 330 mingdan ortiq fuqarosi Rossiyada noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda.