Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan shaftoli partiyasiga ta’qiq qo‘yildi

  • 14:32 / 14.09.2021
  • 270

Rossiyada O‘zbekistondan import qilingan shaftolilarga ta’qiq qo‘yilgani aytilmoqda. Bu haqida “Россельхознадзор”ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 6-sentyabr kuni tashkilotning Orenburg boshqarmasidagi vaqtinchalik saqlash omborida mutaxassislar tekshiruv o‘tkazishgan. O‘rganishlar natijasida O‘zbekistondan keltirilgan 1,89 tonna shaftoli patriyasida tirik shaftoli qurtlari (Grapholita molesta) – mavjudligi aniqlangan.
Xabarda ta’kidlanishicha, karantin to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq mevalarni olib kirishga ta’qiq qo‘yilgan va aybdorlar Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy Kodeksining 10.2-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.