Rossiyada o‘zbekistonlik erkak majburiy mehnatdan qochish paytida ikki oyog‘idan mahrum bo‘ldi

  • 10:42 / 08.06.2021
  • 179

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak majburiy mehnatdan qochish paytida ikki oyog‘idan mahrum bo‘lgan. Jabrlanuvchi 6-iyun kuni Sankt-Peterburg-Samarqand reysida O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, A.N. oilaviy og‘ir sharoiti tufayli 2007-yilda Rossiyada ishlash uchun ketgan. 2020-yilda A.N. majburiy ravishda qurilish maydonchasida ishlagan. Majburiy mehnatdan qochish uchun u qurilish maydonchasi atrofida o‘rmonga yashirinishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik u o‘rmonda adashib qolib va bir necha kun davomida sovuqda qolishi natijasida ikki oyog‘idan ayrilgan.

Agentlikning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi bilan birgalikda fuqaroga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va “Vatanga qaytish guvohnomasi”ni rasmiylashtirgan. 

Fuqaro 6-iyun kuni homiylarning moliyaviy ko‘magi bilan Sankt-Peterburg-Samarqand reysida O‘zbekistonga qaytib keldi.