Rossiyada o‘zbekistonlikni kaltaklagan IIV xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

  • 09:12 / 07.05.2021
  • 147

2021-yil 27-aprel kuni o‘zbekistonlik fuqaro Rossiyaning Tomsk viloyati migratsiya xodimi tomonidan kaltaklangani yuzasidan rasmiy bayonot berildi. Xodimga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Tekshiruv natijalariga ko’ra, Rossiya JKning 286-moddasi 3-qismi (zo‘ravonlik ishlatgan holda o‘z lavozimidan suiiste’mol qilish) bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan politsiya xodimiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari qator tafsilotlar ochiqlandi. Unga ko‘ra, joriy yilning 27-aprel kuni gumonlanuvchi Tomsk viloyati bo‘yicha Rossiya IIVning Migratsiya boshqarmasi binosida bo‘la turib, asossiz chet el fuqarosiga jismoniy kuch ishlatgan, uning qo‘li bilan yuziga urib, oyog‘iga tepgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.