Rossiyadagi Perm universitetida 18 yoshli bola otishma sodir etdi. Qurbonlar bor

  • 12:41 / 20.09.2021
  • 302

Rossiyadagi Perm davlat universitetida otishma sodir etildi. Ma’lum qilinishicha, otishmani 18 yoshli Timur Bekmansurov sodir etgan. Otishma natijasida 5 kishi halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolavhalarda talabalarning o‘quv binosi derazalari orqali chiqib ketayotgani ko‘rinadi.

Timur Bekmansurov otishmadan oldin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozuv ham qoldirgan.

“Bu haqda uzoq yillardan beri o‘ylab kelaman. Hozir men orzu qilgan narsani qilish vaqti kelganini tushunib yetdim.”

U shuningdek, qanday qilib psixiatrga borgani, qurol sotib olgani va hujumga qanday tayyorlangani haqida batafsil yozib qoldirgan.

Uning yozishicha, avvaliga sobiq maktabiga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan, ammo, mart oyida bu fikridan qaytib, “hayotining so‘nggi 10 daqiqasini u yerda o‘tkazish juda yoqimsiz bo‘lishi”ni tushunib qolgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 18 yoshlik Timur Bekmansurov jismonan yo‘q qilingan. 

Rossiya IIV qurol travmatik emas, haqiqiy o‘q otar qurol bo‘lganini aytmoqda.