Rossiyaga katta futbol muxlislar bilan qaytadi

  • 15:32 / 02.06.2020
  • 517

Rossiya vitse-premyeri Dmitriy Chernishenko madaniyat va sport sohasida karantin choralarini yumshatish bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda rus futboli 19-iyundan qayta boshlanishini ma’lum qildi.
Koronavirus pandemiyasidan keyin dastlabki o‘yinlar aynan 19-iyunda o‘tkaziladi.
Rasmiy mulozimga ko‘ra, stadionlarda muxlislar ham bo‘lishi kelishib olingan. Bunda muxlislar soni stadion sig‘imining 10 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premyer Ligasi 17-martdan pandemiya tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Mavsum yakunlanishi uchun qolgan 8 tur o‘tkaziladi. Oxirgi tur o‘yinlari 22-iyulga belgilangan.
Avvalroq Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari ham shu oyda mavsumni qayta davom ettirishi ma’lum qilingan edi