Rossiyalik ayol yuz terisini torttirish muolajasi vaqtida vafot etdi 

  • 20:30 / 07.04.2021
  • 156

Moskva viloyatida yashovchi ayol yuz terisini torttirish (lifting) muolajasi paytida anesteziyalovchi vositadan zaharlanib vafot etdi. 

Ayni vaqtda go‘zallik salonida kosmetologik xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullangan va ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan 51 yoshli xodimaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayoni davomida aniqlanishicha, ayol lifting muolajasi uchun go‘zallik saloniga murojaat qilgan. Salon xodimasi uning quloq atrofidagi sohasiga anesteziyalovchi vosita kiritgan, natijada ayolda epilepsiya xuruji boshlangan.

Shifokorlar tomonidan tez tibbiy xizmat ko‘rsatilganiga qaramay ayol voqea joyida halok bo‘lgan.