Rossiyalik biologlar chuchuk suvdagi baliqlarda umidsizlik fenomenini aniqladi

  • 15:50 / 31.05.2020
  • 428

Ural Federal Universiteti biologlari chuchuk suv baliqlarida umidsizlik fenomenini topishdi. Kelgusida bu odamlarda ruhiy tushkunlikni yengish uchun yangi dori-darmonlarni tezroq topish imkonini beradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Olimlar chuchuk suv balig‘i zebradanio ustida izlanishlar olib borishdi. Ular nematod qurti, drozofila pashshasi, sichqon va odam bilan bir qatorda to‘liq genetik jihatdan aniqlangan turlarning “elita klubi” a’zolari bo‘lib, ular genetik tadqiqotlar uchun qulaydir. Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar zebradanio balig‘iga amitriptilin va sertralik kabi antidepressantlar ta’sir qilib, ulardagi tushkunlik darajasini kamaytirishini aniqladi.

“Biz birinchi bo‘lib zebradanio baliqlarida umidsizlik fenomenini kashf qildik… Ushbu genetik baliq va odamalar bir-biriga 70 foiz o‘xshashligini hisobga olib, antidepressiantlar uchun potensial biologik maqsadlarni qidirishni kemiruvchilar bilan ishlashga qaraganda ancha murakkab va arzonroq qildik”, – deydi yetakchi tadqiqotchi Alan Kaluyev.

Olimlarning fikriga ko‘ra, zebradanio baliqlari yordamida fan depressiyaga qarshi eng zamonaviy dorilarni tezda topadi. Bundan tashqari, shunga o‘xshash tadqiqotlar ilgari kemiruvchilarda ham o‘tkazilgan.