Rossiyaning Novosibirsk shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi (video)

  • 18:10 / 14.06.2021
  • 218

Rossiyaning Novosibirsk shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiyaning Telegram kanallari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in maydoni 800 kvadrat metrdan oshgan. Qo‘shni ko‘chalar yopilgan. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchasidagi yonilg‘i rezervarlari portlagan. Hodisa natijasida olti kishi jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, portlash bir necha kilometr masofaga eshitilgan, qora tutun bulutlari Novosibirskning turli mintaqalaridan ko‘ringan.

Xabar qilinishicha, FVVning ikki xodimi va to‘rt nafar fuqaro jarohat olgan.