Rummenigge Messi haqida: “Barselona”ning Messini qoʻyib yuborishi Ispaniya chempionati oʻz darvozasiga avtogol kiritib qoʻygandek boʻldi goʻyo”

  • 20:13 / 15.09.2021
  • 61

“Bavariya” sobiq bosh direktori Karl-Xaynts Rummenigge hujumchi Lionel Messining “Barselona”dan ketishi haqida gapirdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

“Biz jamoaga qaradik va ular qanday taktika ishlatayotganini koʻrdik. Messi ketganidan keyin “Barselona”ning ruhi chiqib ketdi. Ular qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda.

Toʻgʻri uni qoʻyib yuborish kerak edi. Bu qarorni qabul qilib, Ispaniya chempionati oʻz darvozasini ishgʻol qildi”, — dedi Rummenigge.

Maʼlumot uchun, Messi 2000-yildan beri “Barselona” tizimida edi. Bu yozda uning klub bilan shartnoma muddati tugadi va tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olishdi.

Biroq La Liga klubning moliyaviy muammolari tufayli “Barsa”ga Messini roʻyxatdan oʻtkazishi uchun toʻsqinlik qildi. Shundan soʻng, argentinalik PSJga tekinga koʻchib oʻtdi.

Eslatib oʻtish mumkin, oʻtgan seshanba kuni “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Barselona”ni safarda 3:0 hisobida magʻlub etdi.