Rustam Rajabov UzAuto Motors’ning bosh direktori etib tayinlandi

  • 11:45 / 27.04.2021
  • 179

UzAuto Motors’ga bosh direktor tayinlandi.

Korporativ axborot yagona portali ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 26-aprel kuni UzAuto Motors AJ yuqori boshqaruv organi tomonidan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan. 

Unda kompaniyaga bosh direktor tayinlash haqida umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Rajabov Rustam Baxtiyorovich kompaniyaning 2021-yildagi natijalari ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 2022-yil 30-iyundan kech bo‘lmagan, bir yillik muddatga bosh direktor etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Rustam Rajabov shu kunga qadar kompaniyani bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida boshqarib kelayotgan edi.