Saida Mirziyoyeva Rossiya oliy ta’lim muassasalarining birida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladi

  • 09:57 / 26.06.2021
  • 207

Joriy yil 25-iyun kuni Saida Mirziyoyeva M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertasiya yoqladi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi. 

“Fond jamoasi nomidan Sizni ushbu muhim voqea bilan tabriklagan holda, kelgusi ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, – deb yozib qoldirgan Allamjonov o‘z Telegram kanalida.

Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr darajasiga ega (2001-2006). 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida huquqshunoslik bo‘yicha shuningdek, 2010-yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisod bo‘yicha magistr darajalarini olgan.