Salmon Xon koronavirusga qarshi emlandi 

  • 12:00 / 25.03.2021
  • 314

Bollivudning taniqli aktyori Salmon Xon koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Ijodkor bu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan. 

“Bugun vaksinaning birinchi dozasini oldim”, deb yozdi Salmon Xon o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Hindistonda 16-yanvar sanasidan boshlab ommaviy emlash kampaniyasi e’lon qilingan. Hukumat vakillari birinchi bosqichda 30 milliondan ortiq insonni emlash haqida reja qilganlar.