Samardandda "Metan zapravka"da turgan Nexia portlab ketdi

  • 11:03 / 09.06.2021
  • 228

Samarqand viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarining birida Nexia avtomobili portlab ketdi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 9-iyun kuni soat 04:35 larda Samarqand shahar M.Bedil ko‘chasida joylashgan “Ishon Standart” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida fuqaro M.U. boshqaruvidagi avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonning yorilishi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan. 

Natijada avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvoni shift qismi zararlangan. Jarohat olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahrida 8-iyun kuni “Spark” avtomobili yonib ketgani haqda xabar bergan edik.