Samarqand shahridagi barcha maktab va bog‘chalar karantinga yopiladi

  • 10:36 / 26.04.2021
  • 89

Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari ko‘plab kuzatilayotgani sababli shahardagi barcha maktab va bog‘chalar 14 kunga karantinga yopiladi.
Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

“Infeksiyani yuqtirib olish ko‘rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois  shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra,  shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi” – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilarga erta, 27-apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Agar muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, ta’lim berish tizimi an’anaviy yo‘lga qo‘yiladi.