Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

  • 11:27 / 08.05.2021
  • 244

Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

Nurullayev Botirjon O‘tkirovich Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 2002–2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvchisi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyinchalik Rossiyaning “Volovskiy broyler” ochiq aksiyadorlik jamiyati (2011-2017), “Tau Tools U” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori (2018) sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

B.Nurullayev 2018-yilning 1-avgustidan Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.