Samarqand viloyati xorijga 16,6 ming tonna uzum eksport qildi

  • 16:44 / 22.08.2021
  • 131

O‘zbekistonda ayni paytda fermer xo‘jaliklari tomonidan 90 ming gektar maydonda uzum yetishtirilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati 17 avgust holatida umumiy qiymati 17 mln. 871,4 ming AQSH dollarlik vazni 16,6 ming tonna uzum mahsulotlari jahon bozorining turli nuqtalariga eksport qildi. 

Qayd etilishicha, viloyatdan uzum mahsulotlari asosan Xitoy, Turkiya, Rossiya, BAA va Iroqqa eksport qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatning  165 taga yaqin korxonalari tomonidan uzum mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.