Samarqand viloyatida eng ko‘p arxitektura yodgorliklari borligi ma’lum qilindi

  • 21:53 / 15.09.2021
  • 102

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8208 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, shundan arxitektura yodgorliklari 2264 tani tashkil etgan. Respublika hududlari orasida Samarqand viloyatida eng ko‘p arxitektura yodgorliklari mavjud. Mazkur viloyatda 562 ta arxitektura yodgorliklari bor.

Shuningdek, O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklar 4788 tani tashkil etgan. Respublika hududlari orasida eng ko‘p arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida 1189 ta arxeologik yodgorliklar bor.