“Samarqand yo‘lidagi sher bolasi” yuzasidan rasmiy izoh berildi

  • 16:02 / 27.03.2021
  • 270

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hududidan o‘tgan yo‘ldan sher bolasini topib olingani haqidagi videotasvir tarqaldi.

Rasmiy izohga ko‘ra, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilganda, unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan. 
Viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotganligi haqidagi savollariga haydovchi aniq javob bermasdan hujjatlarni taqdim qila olmaydi. Sal o‘tmay esa “hujjatlarni olib kelaman” deb sher bolasini tashlab qochib ketadi.

Tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda. 

Sher bolasi esa Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlanmoqda.