Samarqandda $13 mingga yer olib bermoqchi bo‘lgan firibgar shaxslar qo‘lga olindi

  • 18:12 / 19.05.2021
  • 193

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 13 ming AQSh dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor va fermer qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 17-may kuni Pastdarg‘om tumani Davlat soliq inspektori lavozimida ishlovchi B.J. va fermer ho‘jaligi raisi hisoblangan X.B., "Pavloniya" ko‘chatini ekish niyatida yurgan fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan katta miqdordagi pul talab qilgan.

Mazkur shaxslar fuqaroga Pastdarg‘om tumanidan 15 gektar yer maydonini 13 ming AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da kilib, undan so‘ralgan pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtida, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.