Samarqandda bir-biriga tutash bo‘lgan 2 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

  • 13:43 / 11.08.2021
  • 223

Bugun, 11-avgust kuni soat 10:32 da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Mirzoto‘p” MFY, P.Xudoyberdiyev ko‘chasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga yetib borgan. Soat 11:03 da yong‘in o‘rab olinib, soat 11:34 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150kv.m. hamda qo‘shni uyning 10 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.