Samarqandda fuqaro o‘z pochchasini pichoqlab o‘ldirdi

  • 14:21 / 04.06.2021
  • 175

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, joriy yilning 31-may kuni Samarqand shahri “Mullaqandov” ko‘chasida yashovchi 22 yoshli fuqaro tomonidan jinoyat sodir etilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi o‘zaro kelishmovchilik sabab opasining turmush o‘rtog‘i, ya‘ni 24 yashar pochchasini o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan tanasining turli qismlariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. 

Shuningdek, Samarqand viloyati IIB xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida sodir etilgan jinoyat muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda yashovchi 30 yoshli erkak ikki nafar qarindoshini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgani xabar qilingan edi.