Samarqandda  haydovchining uxlab qolishi tufayli ikki kishi halok bo‘ldi

  • 10:42 / 14.10.2021
  • 119

Samarqand viloyatining Bulungʻur tumani hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan YTH oqibatida ikki nafar yoʻlovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda. 

2021-yilning 14-oktyabr kuni soat 06:20 lar atrofida Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1050-kilometrida "Nexia” rusumli transport vositasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan va mashina agʻdarilib ketgan.

Mazkur avtohalokat oqibatida transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan. Mashina salonida boʻlgan ikki nafar yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.