Samarqandda ijaradagi yerni $ 9000 ga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

  • 10:16 / 23.05.2021
  • 172

Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xoʻjaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ma’lum qilingan. 

Aniqlanishicha, fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoshi M. tomonidan fermer xoʻjaligidan ijaraga olingan 0,60 gektar yer maydonini “M.” xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yoʻli bilan 9 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan. Firibgarlar 5 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.