Samarqandda “Jiguli” ko‘chani ta’mirlayotgan ishchini urib yubordi

  • 20:53 / 18.09.2021
  • 121

YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 18-sentabr kuni soat 17:20 larda haydovchi F.M. “VAZ-21011” rusumli avtomobilda Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42-kilometrida harakatlanib kelib, shu ko‘chada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan yo‘l qurilish ishchisini urib yuborgan.

Mazkur hodisa natijasida fuqaro I.G. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.