Samarqandda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 200 kiloga yaqin go‘sht to‘xtatib qolindi

  • 10:47 / 21.05.2021
  • 127

Joriy yil 20-may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan “Qashqadaryo-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan M.F. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilganida, yukxonasi hamda salon ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 141 kg. og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu avtomashina bilan birga harakatlanib kelayotgan, N.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi ham tekshirilganida, uning ham yukxonasi va saloni ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 46 kg. og‘irlikdagi go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.

Ekspertiza tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilingan.