Samarqandda mix  bilan 50 yoshli erkak o‘ldirildi

  • 21:27 / 06.06.2021
  • 283

Samarqand viloyatining Urgut tumanida erkak mix bilan boshqa bir  erkak tanasiga bir necha bor tiqib o‘ldirdi.

Ma'lum qilishlaricha, voqea kecha, 5-iyun kuni soat taxminan 18:30 larda Urgut tumani G‘o‘s mahallasi markazida joylashgan to‘yxona oldida 1995-yilda tug‘ilgan B.S. tanishi O‘.O. bilan spirtli ichimlik is'temol qilgan va mast holda o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng B.S. shu yerda joylashgan xo‘jalik mollari do‘koniga kirib, 15 sm. uzunlikdagi o‘tkir tig‘li mix olib chiqib, O‘.O. tanasining turli qismiga  tiqib tan jarohati yetkazgan. 

Jabrlanuvchi Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Tezkor tibbiy yordamga qaramay O‘.O. shifoxonada vafot etgan. Hozirda marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Mazkur holat yuzasidan, gumonlanuchiga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.