Samarqandda qarovsiz mashinadan 10 ming dollarni o‘g‘irlagan fuqaro ushlandi

  • 14:47 / 19.04.2021
  • 83

2021-yilning 12-aprel kuni soat 17:30 larda noma’lum shaxs Samarqand shahrining “Marmar” bozorini oldida fuqaro 31 yoshli X.Ozodaga tegishli Lacetti rusumli avtomashinaning qarovsiz holda qoldirilganligidan foydalanib, o‘rindiqda turgan 10 000 AQSh dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 26 yoshli J.Farrux sodir etganligi aniqlanib, undan 2 200 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Farruxga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.