Samarqandda Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun ketmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

  • 19:01 / 08.07.2021
  • 348

Samarqand viloyati IIBning ma’lum qilishicha, Ishtixon tumanida yashovchi bir guruh shaxslar jamoat bo‘lib, internet tarmog‘i orqali terrorchi tashkilotlar g‘oyalari ta’sirida Turkiya davlati orqali Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida, ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Samarqandda ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya va Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan 14 kishilik guruh faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.