Samarqandda terroristik guruhga qo‘shilishni rejalashtirgan 10dan ortiq shaxslar qo‘lga olindi

  • 10:54 / 11.06.2021
  • 363

Samarqandda terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan 14 kishilik guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya va Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan 14 kishilik guruh faoliyati to‘xtatilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.