Samarqandda yo‘lovchilarning tramvayni surib ketayotgani yuzasidan izoh berildi

  • 09:33 / 24.05.2021
  • 160

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay o‘chib qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib ketilayotgani bo‘yicha videolavha tarqaldi. 
Mazkur holat bo‘yicha shahar hokimligi rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahri 1-sonli “Sattepo maskani-Temir yo‘l bekati” tramvay yo‘nalishining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida elektr tarmog‘idagi qisqa uzilish natijasida ko‘chada harakatlanib kelayotgan 1012-sonli tramvay vagon Mirzo Ulug‘bek va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasining kesishgan chorrahasida harakatdan to‘xtab qolgan. 

Yuzaga kelgan vaziyatni oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida  Vagon ichida bo‘lgan yo‘lovchilar boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun chorrahadan vagonni olishga yordamlashgan. 2 soat vaqt oralig‘ida elektr tokidagi uzilish holati tuzatilgan va 1012- sonli vagon ish faoliyatini davom etirgan. 
Mazkur voqeada hech qanday noxush holatlar kuzatilmagan.