Sankt-Petergburgda O‘zbekiston fuqarosining ustidan benzin quyib yoqib yuborishdi

  • 17:09 / 07.06.2021
  • 334

Sankt-Peterburg yaqinidagi dachada noma‘lum shaxs o‘zbekistonlik mehnat migrantining ustidan benzin quyib yoqib yuborgan. Bu haqda mahalliy OAVda xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pushkin tumani politsiyasi O'zbekiston fuqarosiga nima sababdan tan jarohati yetkazilganini o‘rganmoqda. Jabrlanuvchi og‘ir kuyish va boshqa jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

42 yoshli erkakka yuz, bo‘yin va qo‘llari termik kuyishi tashxisi qo‘yilgan. Politsiya voqea sodir bo‘lgan dachaga borib, barmoq va qon izlarini olgan. Hozirda jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.