Saqichni tasodifan yutib yuborganda nima qilish kerak?

  • 09:53 / 10.06.2021
  • 229

Aksariyat holatlarda kichik yoshli bolalar, shu bilan birga kattalar ham saqichni tasodifan yutib yuborishadi.

Saqich rezina asos hamda shirinlashtirgichlardan tayyorlanadi. Odam organizmi sunʼiy kauchukni ham, uning tabiiysini ham xazm qilish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli aksariyat saqichlarning qadogʻida uni yutib yuborish kerak emasligi yozilgan boʻladi. Saqichning ichakka yopishib qolishi haqidagi gaplar esa safsatadan boshqa narsa emas.

Saqich yutib yuborilgan holatda eng avvalo oshqozonga, keyin esa yoʻgʻon ichakka tushadi. Bu yerda uning tarkibidagi barcha shirinlashtirgichlar soʻrib olinadi. Hazm qilinmagan qismi esa oʻzining yopishuvchanlik xususiyatini yoʻqotadi va yutib yuborilgandan keyin oradan 1-2 kun oʻtib yoʻgʻon ichak orqali organizmdan tabiiy yoʻl bilan chiqib ketadi.

Shunga qaramay, shifokorlar saqich chaynashda ehtiyotkor boʻlish kerakligini aytishadi. Bunday holatning tinmay takrorlanishi qorin ogʻriqlari va qabziyatga sabab boʻlishi mumkin.

Agar saqichni yosh bolalar yutib yuborsalar, ularga koʻproq suv va sabzavotlar berish tavsiya etiladi. Kletchatka ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtirib, saqichning oshqozon ichidan tezroq chiqib ketishini taʼminlaydi.